Abstract & Overview
Globallashuv va ta’lim tizimlarining tezkor transformatsiyasi sharoitida iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari uchun rus tilini kasbiy yo‘naltirilgan tarzda o‘qitish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bunda til faqat grammatika va leksika majmui emas, balki kelajak mutaxassisning professional faoliyatida muloqot, axborot almashish, hujjatlar bilan ishlash hamda xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.