Abstract & Overview
Maqolada fermer xo‘jaliklari faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar “gipotezasi” uslubiyatini takomillashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan. O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar, iqtisodiyotida band bo‘lganlar soni, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi yalpi qo‘shilgan qiymati, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida band bo‘lganlar soni, fermer xo‘jaliklarga kiritilgan investitsiyalar hajmi, fermer xo‘jaliklarida band bo‘lganlar soni bo’yicha ma’lumotlar asosida fermer xo‘jaliklari faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar “gipotezasi” yaratilgan, hamda tahlil natijalaridan kelib chiqqan holda taklif va tavsiyalar berilgan.